Ispaniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Rodri jahon chempionati 1/8 final bosqichidan o'rin olgan Portugaliyaga (1:0) qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu bahsda «qizil furiya» 90+1-daqiqada gol urib, chorakfinalga yo'llanma oldi. Rodri esa o'yinning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. «Manchester Siti» a'zosi bellashuvda 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
Ma'lumot uchun, Ispaniya chorakfinalda AQSh – Belgiya bahsi g'olibi bilan to'qnash keladi.