Meksika milliy jamoasining sobiq darvozaboni Gilermo Ochoa ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilik faoliyatini yakunlagani munosabati bilan post e’lon qildi.
«Hamma narsa Meksika uchun. Bu hayotimdagi eng katta sharaf edi. Bizni porlashga undaganingiz, bizga ishonganingiz va doimo jamoamiz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat. Men seni sevaman, Meksika», — deyiladi Ochoaning postida.
Eslatib o‘tamiz, Meksika jahon chempionatining nimchorak finalida turnirni tark etdi. Ular Angliyaga qarshi bahsda 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.