Opta superkompyuteri jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan AQSH va Belgiya milliy jamoalarining g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.
Unga ko‘ra, AQSHning asosiy vaqtda g‘alaba qozonish imkoniyati 37,2 foizni tashkil etmoqda. Belgiya terma jamoasining g‘alaba qozonish ehtimoli 36,5 foizga teng. O‘yin qo‘shimcha vaqtga, shuningdek, penaltilar seriyasiga o‘tish ehtimoli 26,3 foizni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 05:00da start oladi.