Live
1
O'zbek

Infantino: "FIFA'ning sud organlari to'liq mustaqil hisoblanadi. Ular avtonom ravishda ish yuritadi"

Futbol
6 iyul, 14:32
FIFA prezidenti Balogun bo'yicha muhokamadagi holatga ilk bor fikr bildirdi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Infantino: "FIFA'ning sud organlari to'liq mustaqil hisoblanadi. Ular avtonom ravishda ish yuritadi"
Фото: Getty Images

FIFA prezidenti Janni Infantino AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogun atrofida yuzaga kelgan mojaroli vaziyat yuzasidan ilk bor ochiq izoh berdi.

«Folarin Balogunni diskvalifikatsiya qilish bo'yicha FIFA mustaqil intizom qo'mitasining qarori haqida jamoatchilik fikrlarini o'rganib chiqdim. Shu munosabat bilan yana bir bor FIFA boshqaruvining asosiy tamoyilini eslatib o'tmoqchiman.

FIFA'ning sud organlari to'liq mustaqil hisoblanadi. Ular avtonom ravishda ish yuritadi, FIFA intizom kodeksiga tayanadi va o'zlariga taqdim etilgan aniq qoidalar hamda faktlar asosida qaror qabul qiladi. Ularning mustaqilligi futbolga bo'lgan ishonch va uning pokligini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu tamoyilga har doim rioya qilinishi shart. Doimiy ravishda AQSH prezidenti bilan jahon chempionatiga oid mavzularda suhbatlashib turaman. Donald Tramp ham aynan shu masala yuzasidan menga qo'ng'iroq qilgan. Xuddi shunday tarzda menga dunyo bo'ylab turli davlat rahbarlari, mansabdor shaxslar, futbolga aloqador turli tomonlar va biznes yetakchilari turli masalalar bo'yicha murojaat qiladi»– dedi Infantino.

Bugungi yangiliklar