"Nottinghem Forest" klubi Oliver Glasner bosh murabbiy etib tayinlanganini rasmiy e'lon qildi.
Avstriyalik 51 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan.
Glasner 2025/26 yilgi mavsum yakunlanganidan so'ng "Kristal Pelas"ni tark etgan edi. U londonliklar bilan Angliya kubogi, Angliya superkubogi hamda o‘tgan mavsumda UEFA Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqdi.
"Glasner "Forest"ga UEFA Yevropa ligasi va UEFA Konferensiyalar ligasida bosh murabbiy sifatida g‘olib chiqqan tarixdagi uchinchi mutaxassis sifatida kelmoqda.
Uning Yevropa musobaqalaridagi muvaffaqiyatlari, shuningdek Angliyada qo‘lga kiritgan milliy sovrinlari g‘olib jamoalarni shakllantira olish qobiliyatini yaqqol namoyon etadi", — deyiladi klub bayonotida.
Ma'lumot uchun, o‘tgan mavsumda "o‘rmonchilar" Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 44 ochko to‘plab, 16-o‘rinni egallagan edi. Jamoani mavsum davomida jami 4 murabbiy boshqargan edi.
Oliver Glasner – "Nottinghem Forest" bosh murabbiyi
Futbol
6 iyul, 05:25
"O'rmonchilar" "Kristal Pelas"ni tark etgan avstriyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolashdi.
Foto: Nottingham Forest