Live
17
O'zbek

«Arsenal» Konsa transferini e’lon qildi

Futbol
21 avgust, 13:59
Londonliklar markaziy himoyachini o‘z saflariga qo‘shib olganini ma’lum qildi.
«Arsenal» Konsa transferini e’lon qildi
Foto: Gettyimages
21.08.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 3 : 0 Koventri Siti Koventri Siti

«Arsenal» markaziy himoyachi Ezri Konsani «Aston Villa»dan sotib olganini rasman e’lon qildi.

Angliya milliy jamoasining 28 yoshli futbolchisi londonliklar bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Yangi jamoasi safida futbolchi 15-raqam ostida harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Konsa 2019-yildan buyon «Aston Villa» sharafini himoya qilib kelayotgandi. Birminghemdagi faoliyati davrida himoyachi 200 dan ortiq o‘yinda ishtirok etdi. Shuningdek, futbolchi 2023-yildan Angliya milliy jamoasi tarkibiga jalb etiladi boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» bugun APL yangi mavsumidagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. 1-turda «to‘pchilar» «Koventri»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar