Live
2
O'zbek

Arteta: «Rays va Saka «Koventri Siti»ga qarshi o‘yinga tayyor»

Futbol
21 avgust, 05:45
London klubi bosh murabbiyi APL 1-turi doirasidagi o‘yin arafasida ba’zi futbolchilarning holati haqida gapirib o‘tdi.
Arteta: «Rays va Saka «Koventri Siti»ga qarshi o‘yinga tayyor»
Foto: Gettyimages
21.08.2026, 15:00 Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal - : - Koventri Siti Koventri Siti

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APL yangi mavsum 1-turi doirasidagi «Koventri Siti»ga qarshi o‘yin arafasida jamoasidagi qator futbolchilarining holati haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs bugun, 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bukayo Saka va Deklan Rays o‘yinda ishtirok etishga tayyor. Timber shu hafta jamoaviy mashg‘ulotlarga qo‘shila oladimi? Yo‘q, avvalroq aytganimdek bu yaqin bir necha hafta davomida amalga oshishi mumkin. U hozircha jamoa bilan birga shug‘ullanmayapti.

Jamoaning qaydnomasi optimal ko‘rinishda bo‘lishi uchun qancha futbolchi zarur? Bu o‘yinchilarning holati va sport formasiga bog‘liq, o‘ylashimcha, ko‘plab faktorlarni inobatga olish zarur. 22 futbolchi va uch-to‘rt nafar posbon — shu yetarli bo‘lsa kerak, balki yana ham ko‘proq kerakdir. O‘tgan mavsumdagi voqealarni unutmaslik, ba’zi futbolchilarning jarohatlari bilan bog‘liq vaziyat hamda ba’zilarining universalligini yoddan chiqarmaslik muhim. Ishonchim komil, biz to‘g‘ri miqdorni topa olamiz: jamoada yuqori raqobatni, o‘zaro aloqa, bir-birini yaxshi tushuna olishni va har bir futbolchi jamoada o‘z o‘rniga ega ekanligini his qilishi zarur», — deya Arteta so‘zlaridan iqtibos keltirdi «Arsenal» rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Koventri Siti Koventri Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar