BAAning «Al Jazira» klubi hujumchi Malkom Felipe bilan shartnoma imzolaganini rasmiy e'lon qildi.
Qayd etilishicha, braziliyalik 29 yoshli futbolchi yangi jamoasida 10-raqam ostida maydonga tushadi. Malkom «Al Jazira» safiga erkin agent sifatida qo'shildi. Bundan avval u Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgan edi.
Ma'lumot uchun, u Riyod klubi safida 2023 yildan buyon o'ynab kelayotgan edi. U jamoa safida 138 ta uchrashuvda 48 ta gol urgan va bir qator sovrinlarni qo'lga kiritgan.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 37 ta o'yinda 9 ta gol qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 18 million yevroga baholamoqda.