"Napoli" hujumchisi Romelu Lukaku yozgi transfer vaqtida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, belgiya 33 yoshli futbolchi bo'yicha Neapol klubiga 10 million yevro taklif qilinsa, uni qo'yib yuboradi.
Hozirda Romeluga Turkiyaning ikki grand klubi — "Fenerbahçe" va "Beşiktaş" qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, Lukaku italiyaliklar safida mavsumiga 8 million yevro maosh oladi. Futbolchining amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.
Yakunlangan mavsumda Lukaku barcha turnirlarda bor-yo'g'i 7 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Hujumchi mavsumning katta qismini jarohat tufayli o'tkazib yuborishga majbur bo'ldi.