Leonardo Spinazzola "Napoli"da qoladi.
33 yoshli himoyachi Italiya klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Kelishuv 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Spinazzola "Napoli"ga 2024 yili "Roma"dan o'tgandi. U neapolliklar safida 72 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi. Himoyachi jamoa bilan A Seriya va Italiya superkubogida g'olib bo'ldi.
Leandro faoliyati davomida "Atalanta", "Juventus" va "Perudja" jamoalarida ham harakat qilgan.
"Napoli" Spinazzola bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
1 iyul, 13:40
33 yoshli himoyachi Neapol klubidagi faoliyatini davom ettiradi.
Foto: Napoli