Live
2
O'zbek

Gonsalu Ramush — "Milan" futbolchisi (Romano)

Futbol
26 iyun, 14:35
Portugaliyalik hujumchi "rossoneri" tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Gonsalu Ramush — "Milan" futbolchisi (Romano)
Foto: Getty Images

"Milan" "PSJ" klubi hamda Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Gonsalu Ramushning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb yozadi The Athletic.

Bu kelishuv A Seriyada 2019 yili "Inter" Romelu Lukakuni "Manchester Yunayted"dan 74 million yevroga sotib olganidan buyon eng qimmat transferga aylanadi.

"Rossoneri" 2019 yili "Lill"ga Rafael Leau uchun 49,5 million yevro to‘lagan edi. Ramushning transferi esa uni ortda qoldiradi — ya’ni 50 million yevrodan ko‘proqni tashkil qiladi.

Avvalroq Italiya klubi "PSJ"ga bonuslar bilan birga 45 million yevro taklif qilgani xabar qilingandi. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim 25 yoshli hujumchini jamoaga qo‘shib olish va uning tengdoshi Santiago Ximenesni sotishni ma’qullagan.

"Milan" Ramush uchun kurashda Yevropaning bir qator top-klublarini ortda qoldirdi. Bunda klub egasi Jerri Kardinale bilan "PSJ" prezidenti Nosir Al Xilayfiy o‘rtasidagi yaxshi munosabatlar muhim ahamiyat kasb etgan.

Muzokaralarni tezlashtirgan yana bir omil — futbolchining "MYU" va "Sporting" bosh murabbiyi Ruben Amorim qo‘l ostida o‘ynash istagi.

Ramush ayni vaqtda Portugaliya milliy jamoasi bilan 2026 yildagi Jahon chempionatida qatnashmoqda. Hozirgacha hujumchi musobaqada faqat bitta bahsda ishtirok etdi. U Kongo DRga (1:1) qarshi bahsning so‘nggi daqiqalarida maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar