"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Tiani Reynders sobiq jamoasi "Milan" haqida gapirdi.
"Men "Milan" bilan bog'langanman, u abadiy mening yuragimda qoladi. Men klubda ikkita ajoyib yilni o'tkazdim va juda ko'p narsani o'rgandim. Ham futbolchi, ham inson sifatida. Bu ikki yilni hech qachon unutmayman", — deya Reyndersning so'zlarini keltiradi "pianetamilan.it".
Eslatib o'tamiz, Reynders 2023 yildan 2025 yilgacha "rossoneri"da to'p tepgan. 2025 yilning yozida "shaharliklar" safiga kelib qoʻshilgandi.