Bugun
6
O'zbek

Rodri «Real»ning transfer ro‘yxatidan chiqarildi

Futbol
22 iyun, 04:34
Madrid klubi yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rodri «Real»ning transfer ro‘yxatidan chiqarildi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rodri endilikda Madridning «Real» klubi transfer maqsadlari qatoriga kirmaydi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi uzoq vaqt davomida «qirollik klubi»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri sifatida tilga olinib kelayotgandi. Biroq transfer bo‘yicha bu variant amalga oshmasligi kutilmoqda. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, «Real» yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish uchun besh futbolchidan iborat qisqa ro‘yxat tuzgan va Rodri ushbu ro‘yxatdan joy olmagan.

So‘nggi kunlarda OAVda «Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandesning Madrid klubiga ehtimoliy transferi haqida xabarlar ko‘paygan. Shunga qaramay, «Real» rahbariyati argentinalik futbolchi bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelmagan.

Ma’lumot uchun, Rodri 2025 yil sentabrida 30 yoshni qarshi olgan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar