Bugun
6
O'zbek

Chaloba A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

Futbol
22 iyun, 04:30
«Komo» klubi «Chelsi» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Chaloba A Seriyaga yo‘l olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Chelsi» va Angliya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Trevo Chaloba Italiyaning «Komo» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, A Seriya vakili ushbu transfer oynasida 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. Biroq hozircha London klubi bilan muzokaralarda kelishuvga erishilmagan.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» o‘z tarbiyalanuvchisini jamoada saqlab qolishni rejalashtirmoqda va shu sabab futbolchi uchun yuqori miqdorda tovon puli talab qilmoqda.

Chaloba yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol muallifiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Trevo Chaloba Jahon chempionati–2026 uchun Angliya milliy jamoasi tarkibiga jarohat olgan Tino Livramentoning o‘rniga shoshilinch ravishda jalb etilgandi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar