Live
1
O'zbek

Serxi Roberto "Como"ni tark etdi

Futbol
18 iyun, 17:26
Roberto 2024 yildan buyon "Como" sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Serxi Roberto "Como"ni tark etdi
Фото: Getty Images

"Komo" yarimhimoyachisi Serxi Roberto jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

"Komo" doimo hayotim va faoliyatimning juda muhim qismi bo'lib qoladi. Men minnatdorchilik tuyg'usi va ushbu klubning kelajagi porloq ekanligiga ishonch bilan ketayapman", — deyiladi futbolchining bayonotida.

Roberto 2024 yildan buyon "Komo" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. "Barselona" tarbiyalanuvchisi Italiyada barcha turnirlarda 37 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.

Sesk Fabregas jamoasi A Seriyaning o'tgan mavsumi yakunlariga ko'ra to'rtinchi o'rinni egalladi va Chempionlar ligasiga yo'llanma oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar