Live
1
O'zbek

O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi — statistika

Futbol
18 iyun, 10:00
Fabio Kannavaro shogirdlari ikkinchi bo‘limda raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
O‘zbekiston Kolumbiyaga qarshi munosib o‘yin ko‘rsatdi — statistika
Foto: O'FA
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

JCH-2026 guruh bosqichining 1-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa-da, uchrashuv statistikasi vakillarimizning munosib o‘yin ko‘rsatganini tasdiqladi.

Fabio Kannavaro boshqaruvidagi jamoa bahs davomida 9 marta zarba yo‘lladi. Qizig‘i, ulardan 8 tasi ikkinchi bo‘limga to‘g‘ri keldi. Bu esa tanaffusdan keyin o‘zbekistonlik futbolchilarning ancha faol harakat qilganini ko‘rsatadi.

Kolumbiya milliy jamoasi esa jami 15 ta zarba berdi. Darvoza sohasiga yo‘llangan zarbalar bo‘yicha hisob 4:3 janubiy amerikaliklar foydasiga bo‘ldi.

To‘pga egalik qilish borasida ham Kolumbiya ustunlik qildi — 61 foizga qarshi 39 foiz. Birinchi bo‘limda esa bu ko‘rsatkich yanada katta farqni tashkil etdi: 72 foizga qarshi 28 foiz.

Kutilayotgan gollar (xG) statistikasi ham o‘yin nisbatan teng kechganini ko‘rsatmoqda. Kolumbiya 1,61 xG qayd etgan bo‘lsa, O‘zbekistonning ko‘rsatkichi 1,16 xGni tashkil etdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev gol urib, O‘zbekiston milliy jamoasi tarixidagi jahon chempionatlaridagi ilk gol muallifiga aylandi.

Garchi bahs 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunlangan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limdagi o‘yin va statistik ko‘rsatkichlar O‘zbekiston milliy jamoasi mundialdagi raqobatbardosh jamoalardan biri bo‘la olishini namoyish etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar