Live
2
O'zbek

«Inter» Palestra uchun 50 million yevrolik taklif yubordi

Futbol
18 iyun, 10:30
Milan klubi «Atalanta» iste’dodini qo‘lga kiritishga yaqinlashmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Inter» Palestra uchun 50 million yevrolik taklif yubordi
Foto: Getty Images

Milaning «Inter» klubi «Atalanta» himoyachisi Marko Palestra transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «neradzurrilar» 20 yoshli futbolchi uchun 45 million yevro kafolatlangan mablag‘ va yana 5 million yevro bonuslar ko‘rinishida taklif yuborgan.

Shuningdek, «Inter» va futbolchi o‘rtasida shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishilgan. Palestra ham Milan klubiga o‘tishni istamoqda va transferning tezroq yakunlanishiga qiziqish bildirmoqda.

Hozircha klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Yakuniy kelishuv uchun yana bir necha bosqichli suhbatlar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shunga qaramay, «Inter» rahbariyati ham, futbolchining o‘zi ham transfer muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda.

Agar bitim amalga oshsa, Palestra «Inter» tarixidagi eng qimmat xaridlardan biriga aylanishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Atalanta Atalanta
Bugungi yangiliklar