Live
9
O'zbek

Fernandesh "Galatasaroy"ga oʻtsa, qancha maosh olishi maʼlum

Futbol
17 avgust, 14:37
Agar tomonlar kelishuvga erishsa, futbolchi klub bilan 4 yillik bitim imzolaydi.
Fernandesh "Galatasaroy"ga oʻtsa, qancha maosh olishi maʼlum
Фото: Getty Images

"Galatasaroy" klubi "Manchester Yunayted" yarimhimoyachisi Brunu Fernandeshni oʻz safiga qoʻshib olish uchun katta mablagʻ sarflashga tayyor. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga koʻra, Turkiya chempioni mankunianliklarga bonuslar bilan birga 50 mln yevro atrofidagi taklifni yuborishga tayyorlanmoqda. Uning 35 mln yevrosi kafolatlangan toʻlov, yana 15 mln yevrosi turli shartlarga bogʻliq bonuslardan iborat boʻladi.

Fernandesh "Galatasaroy" bilan shartnoma imzolasa, yiliga 21 million yevro atrofida sof maosh oladi. Futbolchi klub bilan 4 yillik bitim imzolaydi. Shuningdek, Brunu bitimni imzolaganlik uchun qoʻshimcha 4 mln yevro bonusga ham egalik qiladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar