Bugun
23
O'zbek

Superliga. 17-turda eng koʻp muxlis vodiya derbisiga tashrif buyurdi, Olmaliqdagi bahsga esa 87 tomoshabin keldi

Futbol
17 avgust, 10:10
Andijon va Namangandagi oʻyinlarga 20 mingga yaqin muxlis keldi.
Superliga. 17-turda eng koʻp muxlis vodiya derbisiga tashrif buyurdi, Olmaliqdagi bahsga esa 87 tomoshabin keldi
Foto: FC Andijon

PFL matbuot xizmati Oʻzbekiston chempionatining 17-turiga tashrif buyurgan muxlislar sonini maʼlum qildi.

Andijonda oʻtgan vodiya derbisini stadiondan eng koʻp muxlis tomosha qildi — 19170. Ikkinchi oʻrinni ham vodiydagi oʻyin egalladi.

Eng kam muxlis esa Olmaliqda boʻlgan «Surxon» — «Soʻgʻdiyona» bahsiga toʻgʻri keldi. Termizliklar rasmiy mezbon sanalgan bellashuvga atigi 87 muxlis chipta sotib oldi.

Quyida barcha oʻyinlarga tashrif buyurgan muxlislar soni keltirilgan:

«Andijon» — «Neftchi»: «Bobur arena», 19170

«Navbahor» — «Bunyodkor»: Namangan markaziy stadion, 18782

«Buxoro» — OKMK: Buxoro FA stadioni, 7440

«Dinamo» — «Xorazm»: «Dinamo» stadioni, 7328

«Nasaf» — «Paxtakor»: Qarshi markaziy stadioni, 6370

«Qizilqum» — «Mashʼal»: «Yoshlar» sport majmuasi, 5147

«Qoʻqon-1912» — «Lokomotiv»: Qoʻqon markaziy stadioni, 3600

«Surxon» — «Soʻgʻdiyona»: OKMK sport majmuasi, 87

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar