Live
4
O'zbek

«Real» asosiy jamoada birorta oʻyin oʻtkazmagan futbolchisini 10 mln yevroga sotdi. Bu — rekord

Futbol
17 avgust, 10:36
20 yoshli Ortega «Strasburg»ga transfer qilindi.
«Real» asosiy jamoada birorta oʻyin oʻtkazmagan futbolchisini 10 mln yevroga sotdi. Bu — rekord
Foto: Strasbourg

«Real» 20 yoshli hujumchi Xakobo Ortegani Fransiyaning «Strasburg» jamoasiga 10 million yevroga sotdi. Bu «Qirollik klubi» tarbiyalanuvchilari orasida asosiy jamoa safida biror marta ham maydonga tushmagan futbolchilar transferi boʻyicha rekordga aylandi.

Shu bilan birga, Madrid klubi futbolchining huquqlarining 30 foizini oʻzida saqlab qoladi.

Ortega «Real»ning yoshlar jamoalarida toʻp tepgan. Futbolchi 2018 yilda 12 yoshida «qaymoqranglilar» tizimiga qoʻshilgan va akademiyada sakkiz mavsumni oʻtkazgan.

Maʼlumot uchun, «qaymoqranglilar» mavsumoldi tayyorgarligini Germaniyaning «Shalke-04» jamoasi ustidan 3:0 hisobidagi ishonchli gʻalaba bilan yakunlashdi. Ushbu bahs jamoa uchun mavsum boshlanishidan oldingi soʻnggi tayyorgarlik oʻyini boʻldi.

«Real» yangi mavsumni 22-avgust kuni «Espanyol»ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Strasbourg Strasbourg
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar