Bugun
23
O'zbek

Buskets «Barselona»da ish boshladi

Futbol
17 avgust, 09:25
Serxio «Barselona» asosiy jamoasida 2008–2023 yillar davomida to'p tepgan.
Buskets «Barselona»da ish boshladi
Фото: Getty Images

«Barselona»ning sobiq sardori Serxio Buskets klub tizimiga qaytdi.

37 yoshli sobiq futbolchi «Barsa Atletik» bosh murabbiyi Juliano Belletining yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi. Serxio zaxira jamoasining kundalik ish jarayonida qatnashadi va yosh futbolchilar bilan ishlaydi.

Ma'lumot uchun, Buskets «Barselona» asosiy jamoasida 2008–2023 yillar davomida to'p tepgan. U klub libosida 722 ta uchrashuv o'tkazib, 32 ta sovrinni qo'lga kiritgan. Ular orasida 9 ta Ispaniya chempionligi va 3 ta Chempionlar ligasi bosh sovrini bor. Ispaniya milliy jamoasi bilan 2010 yildagi jahon chempionati va 2012 yildagi Yevropa chempionatida g'olib chiqqan. Serxioning so'nggi jamoasi «Inter Mayami» jamoasi bo'lgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar