Meksikaning Mexiko shahridagi mashhur «Atsteka» stadioni xodimlaridan biri JCH-2026 o‘yinlari uchun berilgan akkreditatsiyasini noqonuniy ravishda sotishga uringani sababli hibsga olindi.
Bu haqda Actu Foot nashri Le Parisien ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ismi oshkor qilinmagan 24 yoshli stadion xodimi o‘z akkreditatsiyasini 130 yevro evaziga sotishga uringan.
Huquq-tartibot organlari ushbu holatni aniqlab, erkakni qo‘lga olgan. Hozircha unga nisbatan qanday jazo chorasi qo‘llanilishi ma’lum qilinmagan.
Jahon chempionati kabi yirik musobaqalarda akkreditatsiyalar qat’iy nazorat qilinadi va ularni uchinchi shaxslarga topshirish yoki sotish qoidabuzarlik hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o‘tkazilmoqda. Turnir 11 iyun kuni start olgan bo‘lib, 19 iyul kuni yakuniga yetadi.
«Atsteka» stadioni musobaqaning asosiy arenalaridan biri hisoblanadi va O‘zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi tarixiy ilk uchrashuviga ham mezbonlik qilgan edi.