Live
2
O'zbek

Neymar JCH-2026dagi ikkinchi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi

Futbol
18 iyun, 11:39
Braziliya yulduzi Haitiga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Neymar JCH-2026dagi ikkinchi o‘yinni ham o‘tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
19.06.2026, 20:30 Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya - : - Gaiti Gaiti

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Haitiga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi.

Bu haqda jurnalist Raisa Simplisio Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar jamoa bilan Filadelfiyaga yo‘l olmaydi. Futbolchi tiklanish jarayonining yakuniy bosqichini samarali o‘tkazish maqsadida Nyu-Jersida qoladi.

33 yoshli hujumchi boldir mushagidagi jarohatdan tiklanmoqda. Shu sababli u Braziliyaning mundialdagi ilk uchrashuvi — Marokashga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuborgan edi. O‘sha o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan.

Braziliya milliy jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida 25 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.

Neymarning ushbu uchrashuvga qadar safga qaytishi yoki qaytmasligi hozircha noma’lum.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Gaiti Gaiti
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar