O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro JCH-2026 doirasida tarixiy natijaga erishdi.
Opta Sports ma’lumotiga ko‘ra, italiyalik mutaxassis «Oltin to‘p» sohiblari orasida jahon chempionatida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ishtirok etgan tarixdagi to‘rtinchi inson bo‘ldi.
Avvalroq bunday natijaga faqat uch nafar afsona erishgandi:
Frans Bekkenbauer;
Oleg Bloxin;
Marko van Basten.
Endilikda bu ro‘yxatdan Fabio Kannavaro ham joy oldi.
Italiyalik mutaxassis O‘zbekiston milliy jamoasini 2025 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U futbolchilik faoliyati davomida 2006 yilda «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritgan va o‘sha yili Italiya bilan jahon chempioniga aylangan edi.
JCH-2026da O‘zbekiston Kannavaro boshchiligida ilk bor mundialda ishtirok etmoqda. Milliy jamoa guruh bosqichining dastlabki uchrashuvida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shunga qaramay, ushbu bahs Kannavaro uchun nafaqat O‘zbekiston futboli, balki jahon futboli tarixidagi noyob rekordlardan biri bilan ham yodda qoldi.