Live
1
O'zbek

Guberniyev: «O‘zbekiston hali jahon chempionatida o‘z so‘zini aytadi»

Futbol
18 iyun, 07:40
Mashhur sharhlovchi milliy jamoamizning imkoniyatlariga ishonmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Guberniyev: «O‘zbekiston hali jahon chempionatida o‘z so‘zini aytadi»
Foto: Getty Images
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

Taniqli rossiyalik sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026dagi debyut uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Fabio Kannavaro shogirdlari guruh bosqichining 1-turida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, Guberniyev jamoamizning kelajagiga optimistik baho berdi.

«O‘zbekiston hali futbol bo‘yicha jahon chempionatida o‘z so‘zini aytadi! Porla, Toshkent — futbol Sharqining yulduzi!» — deb yozdi sharhlovchi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasining mundiallar tarixidagi ilk goliga Abbosbek Fayzullayev mualliflik qildi. Yarimhimoyachi Kolumbiyaga qarshi bahsning 60-daqiqasida hisobni tenglashtirgan edi.

Milliy jamoa JCH-2026 guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvini 23 iyun kuni Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Mazkur bahs O‘zbekistonning pley-off yo‘llanmasi uchun kurashida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar