Analitik platforma Opta JCH-2026 guruh bosqichining 1-turi yakunlariga ko‘ra ramziy jamoani tuzib chiqdi.
Ramziy jamoadan Argentina milliy jamoasi sardori Lionel Messi, Norvegiya hujumchisi Erling Holand va Fransiya yulduzi Kilian Mbappe o‘rin oldi.
Darvozabon pozitsiyasida Ispaniyaga qarshi o‘yinda yettita seyv amalga oshirgan va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Kabo-Verde posboni Vozinya tanlandi.
Opta talqinidagi 1-tur ramziy jamoasi:
Darvozabon:
Vozinya (Kabo-Verde)
Himoyachilar:
Entoni Robinson (AQSH)
Amir Murilyo (Panama)
Garri Sauttar (Avstraliya)
Pedro Lopes (Kabo-Verde)
Yarimhimoyachilar:
Ueston Makkenni (AQSH)
Ayub Buaddi (Marokash)
Hujumchilar:
Kilian Mbappe (Fransiya)
Lionel Messi (Argentina)
Erling Holand (Norvegiya)
Yan Diomande (Kot-d'Ivuar)
Eslatib o'tamiz, Messi Jazoirga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etib, Argentinaning 3:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi.
Holand Iroq darvozasiga ikkita gol urib, Norvegiyaning 4:1 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.
Mbappe esa Senegalga qarshi bahsda dubl muallifiga aylanib, Fransiyaning 3:1 hisobidagi muvaffaqiyatiga yordam berdi.
