Live
1
O'zbek

Infantino O‘zbekiston milliy jamoasini tarixiy debyut bilan tabrikladi

Futbol
18 iyun, 08:45
FIFA prezidenti milliy jamoamizga keyingi uchrashuvlarda omad tiladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Infantino O‘zbekiston milliy jamoasini tarixiy debyut bilan tabrikladi
Foto: O'FA
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

JCH-2026 doirasida O‘zbekiston milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlash uchun Meksikaga tashrif buyurgan mamlakatimiz sport rasmiylari FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashdi.

Foto: O'FA

«Atsteka» stadionida bo‘lib o‘tgan samimiy suhbat davomida Infantino O‘zbekiston milliy jamoasini jahon chempionatidagi tarixiy debyuti bilan tabrikladi va futbolchilarimizga keyingi bahslarda muvaffaqiyat tiladi.

O‘z navbatida, Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati FIFA prezidentiga e’tibor va qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdi.

Foto: O'FA

Uchrashuv davomida Kolumbiyaga qarshi o‘yin O‘zbekiston futboli tarixida muhim voqea bo‘lgani, ushbu bahs milliy futbol rivojida yangi bosqichni boshlab bergani ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasi Kolumbiya futbol federatsiyasi prezidenti va FIFA Kengashi a’zosi Ramon Xesurunni milliy jamoasining g‘alabasi bilan tabrikladi.

Unga O‘zbekiston tomonidan esdalik sovg‘asi topshirildi.

Foto: O'FA

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2026 guruh bosqichidagi ilk uchrashuvda Kolumbiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, Abbosbek Fayzullayev mamlakatimizning mundiallar tarixidagi ilk goliga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar