Bugun
6
O'zbek

Sergeev: "Kolumbiya yaxshi jamoa, ammo biz durangga erishishimiz mumkin edi"

Futbol
18 iyun, 03:00
O'zbekiston hujumchisi Kolumbiyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Sergeev: "Kolumbiya yaxshi jamoa, ammo biz durangga erishishimiz mumkin edi"
Foto: UFA
17.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston 1 : 3 Kolumbiya Kolumbiya

O'zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Kolumbiyaga qarshi o'yin (1:3)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Kolumbiya yaxshi jamoa, ammo biz durangga erishishimiz mumkin edi. Xatolar sabab oson gollar o'tkazib yubordik.

Shunga qaramay, munosib qarshilik ko'rsatdik. Ilk o'yin har doim qiyin kechadi. Endi keyingi uchrashuvga bor e'tiborimizni qaratishimiz kerak", — dedi hujumchi Metaratings nashriga bergan intervyusida.

Birinchi o'yindan so'ng Fabio Kannavaro shogirdlari guruhda so'nggi o'rinni egallab turibdi. Keyingi bahsni O'zbekiston milliy jamoasi 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar