Futbol mutaxassisi Aleksandr Grigoryan jahon chempionati guruh bosqich 1-turning doirasidagi O'zbekiston va Kolumbiya jamoalari o'rtasidagi o'yin haqida fikr bildirdi.
«O'zbekistonliklar o'yin so'ngida ikkinchi golni urishi mumkin edi. Kannavaro mo'jizasi ishlayapti, u shunday musobaqalarda foyda keltiradi. Qayd etish lozim, Fabio jamoaga himoyada ishonch bag'ishladi», — dedi mutaxassis «Match TV» efirida.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy jamoasi mundialdagi ilk o'yinida Kolumbiyaga 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Cannavaro shogirdlari hozir guruhda so'nggi o'rinni egallab turibdi. Keyingi bahsni o'zbekistonlik futbolchilar 23 iyun kuni Portugaliyaga qarshi o'tkazadi.