2026 yildagi jahon chempionatida L guruhi 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Gana milliy jamoasi Panamaga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida zafar quchdi. Yagona golga 90+5-daqiqada Yirenki mualliflik qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Angliya Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etgandi.
JCH-2026. L guruhi. 1-tur
18 iyun. Toronto. «BMO Field»
Gana — Panama 1:0
Gol: Yirenki 90+5.
Gana — Ati-Zigi, Ajeti, Mensa, Opoku, Senaya, Yirenki, Semenyo, Owusu, Sulemana, Nuama, Ayu.
Panama — Mosquera, Blackman, Cordoba, Ramos, Harvey, Andrade, Murillo, Martinez, Pum, Barsenas, Waterman.