Bugun
22
O'zbek

Fransiyaning Senegalga qarshi boshlang'ich tarkibi — Jahon chempionatlari tarixidagi eng qimmati

Futbol
17 iyun, 17:30
Avvalgi rekord ham Frantsiyaga tegishli.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Fransiyaning Senegalga qarshi boshlang'ich tarkibi — Jahon chempionatlari tarixidagi eng qimmati
Фото: Getty Images
16.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Fransiya Fransiya 3 : 1 Senegal Senegal

Transfermarkt portali JCh-2026 doirasidagi Fransiya – Senegal oʻyini haqidagi qiziqarli fakt bilan oʻrtoqlashdi.

Unga koʻra, Fransiya milliy jamoasi tarkibi umumiy qiymati boʻyicha jahon chempionatlari tarixidagi eng qimmatbaho hisoblanadi. Futbolchilarning umumiy qiymati 908 mln yevroni tashkil etdi.

Bu JCh tarixidagi ikkinchi eng qimmatbaho tarkibdan deyarli 200 mln yevro koʻpdir. Ushbu rekord ham Frantsiyaga tegishli hisoblanadi. Ya'ni, 2018 yilda ular Avstraliyaga qarshi oʻyinda (2:1) umumiy qiymati 710 mln yevroga teng oʻyinchilardan foydalangan.

Reytingning uchinchi oʻrnini 2018 yildagi Rossiyadagi mundialda Shveytsariyaga qarshi (1:1) oʻynagan Braziliya milliy jamoasi egallagan – 650 mln yevro.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
  • Senegal Senegal
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar