Niderlandiya milliy jamoasi sardori Virjil van Deyk jahon chempionatida ishtirok etayotgan top jamoalar haqida fikr bildirdi.
"O‘ylashimcha, Argentina turnirni qanday boshlagani ular chempionlik unvonini himoya qilishni istayotganini ko‘rsatadi. Braziliyada ham juda yaxshi tarkib bor.
Bu yerda oson o‘yinlar yo‘q, ammo Argentina shunday o‘ynadiki, go‘yo ularda hammasi oson kechayotgandek tuyuldi. Lekin men asosan o‘z jamoamga e’tibor qaratyapman", — dedi van Deyk.
Avvalroq van Deyk jahon chempionati o‘yinlaridagi suv ichish uchun berilayotgan tanaffuslarni tanqid qilgandi.