Braziliya milliy jamoasi vingeri Rafinya son orqa qismi mushagidan qayta jarohat oldi va katta ehtimol bilan ushbu mundialda jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda ispan jurnalisti Xavi Ernandes Navarro xabar berdi.
Futbolchi ushbu jarohatni guruh bosqich 2-tur doirasidagi Gaitiga qarshi o'yin (3:0)da oldi. 40-daqiqada Rafinya maydonga o'tirib qoldi va almashtirishni so'radi, shundan so'ng unga tibbiy shtab yordami kerak bo'ldi.
Keyinchalik Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) vingerning jarohat olganini tasdiqladi. Navarroning ma'lum qilishicha, gap son orqa qismi mushagining qayta shikastlanishi haqida ketmoqda va shu sababli futbolchining mundial qolgan o'yinlarida ishtirok etishi deyarli imkonsiz.