Bugun
6
O'zbek

JCh-2026. Haiti — pley-offga chiqa olmasligi aniq bo'lgan ilk jamoa

Futbol
20 iyun, 00:30
Hatto so'nggi turda g'alaba qozongan taqdirda ham jamoa guruhda qolib ketadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
JCh-2026. Haiti — pley-offga chiqa olmasligi aniq bo'lgan ilk jamoa
Foto: Getty Images
19.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 3 : 0 Gaiti Gaiti

Haiti milliy jamoasi pley-offga chiqa olmasligi aniq bo'lgan ilk jamoaga aylandi.

Jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasida Haiti milliy jamoasi Braziliyaga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Gollarga Vinisius va Kunya (dubl) mualliflik qildi.

Haiti hozircha ochko to'play olmagan holda guruhda so'nggi o'rinni egallab turibdi va 3-o'rindagi Shotlandiyadan 3 ochkoga ortda. Hatto so'nggi turda g'alaba qozongan taqdirda ham haitiiliklar Yevropa vakillarini ortda qoldira olmaydi, chunki o'zaro o'yin natijasi bo'yicha ular mag'lub bo'lgan.

Guruhda esa Braziliya va Marokash milliy jamoalari 4 ochkodan to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Gaiti Gaiti
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar