Misr milliy jamoasi sardori Muḥammad Saloḥ Yangi Zelandiya qarshi o‘yin (3:1)dan so‘ng uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlandi.
34 yoshli vinger 67-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi, o‘yin oxirida esa Trezegening goliga assistentlik qildi. Saloḥ nafaqat ikki golda bevosita ishtirok etdi, balki darvozaga eng ko‘p zarba bergan (5 ta) va sheriklariga eng ko‘p golli vaziyat yaratgan (5 ta) futbolchi bo‘ldi.
Ma'lumot o‘rnida, 2-turdan so‘ng Misr milliy jamoasi 4 ochko bilan G guruhida peshqadam bo‘lib turibdi. Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko bor, Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan.