Bugun, 22 iyun kuni JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Yangi Zelandiya va Misr milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 06:00 da start oladi.
Bahs Kanadaning Vankuver shahridagi «BC Place» stadionida tashkil etiladi. Uchrashuvni BAA vakili Omar Al Ali boshqarib boradi.
Eslatib o‘tamiz, 1-turda Yangi Zelandiya Eron bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Misr Belgiya bilan 1:1 hisobida murosa ko‘chasini tanlagan edi.
JCH-2026. 2-tur
Yangi Zelandiya — Misr
22 iyun. 06:00
Yangi Zelandiya: Krokomb, Peyn, Boksoll, Kekachey, Sermen, Bell, Stamenich, Singx, Jast, Makkouott, Vud.
Misr: Shobeyr, Ibrohim, Hani, Abul Futuh, Ashur, Ziko, Fathi, Lashin, Attiya, Saloh, Marmush.