Live
1
O'zbek

JCH-2026. Belgiya va Eron bahsida g‘olib aniqlanmadi

Futbol
21 iyun, 17:08
Guruhdagi navbatdagi durangdan so‘ng har ikki jamoa hisobida 2 ochko mavjud.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
JCH-2026. Belgiya va Eron bahsida g‘olib aniqlanmadi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya 0 : 0 Eron Eron

JCH-2026 guruh bosqichining 2-turida Belgiya va Eron terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

AQSHning Inglvud shahridagi «SoFi Stadium»da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda jamoalar bir-birining darvozasini ishg‘ol qila olmadi.

Eronliklar 25-daqiqada hisobni ochgandek bo‘lishdi. Mehdi Taremi raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi, biroq VAR tekshiruvidan so‘ng gol bekor qilindi.

Uchrashuvning burilish nuqtasi 66-daqiqada yuz berdi. Belgiya himoyachisi Natan Ngoy qizil kartochka olib, maydonni tark etdi va jamoasini bir kishi kam bo‘lib o‘ynashga majbur qildi.

Shunga qaramay, eronliklar son jihatdan ustunlikdan foydalana olishmadi va o‘yin golsiz yakunlandi.

2-turdan so‘ng Belgiya va Eron hisobida 2 tadan ochko mavjud.

Guruhdagi yana bir uchrashuvda Misr va Yangi Zelandiya o‘zaro bahs olib boradi. So‘nggi turda Belgiya Yangi Zelandiya bilan, Eron esa Misr bilan kuch sinashadi. G guruhida pley-off uchun kurash so‘nggi turga qadar davom etadigan bo‘ldi.

JCH-2026. 2-tur
Belgiya - Eron 0:0
Bekor qilingan gol: Taremi (25)
Qizil kartochka: Natan Ngoy (66)

Belgiya: Kurtua, Menye (58' Vanaken), Ngoy, Mexele, De Keyper, Raskin (58' Lukebakio), Tilemans, Salemakers (58' Kastan), De Bryuyne (87' Fernandes-Pardo), Trossard, Lukaku (73' Teate).
Eron: Beyranvand, Kanaani, Xalilzade, Nemati, Xardani (46' Jahanbaxsh), Hajisafi (66' Torabi), Rezayan, Guddos (79' Moganlu), Ezzatollohi (85' Hosseynzade), Mohebi (66' Mohammadi), Toremiy.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar