Eron milliy jamoasi darvozaboni Alirezo Beyranvand JCH–2026 guruh bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Belgiya (0:0)ga qarshi bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Tajribali posbon uchrashuv davomida ishonchli harakat qilib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Beyranvand o‘yin davomida 7 ta seyv amalga oshirib, jamoasining muhim ochko qo‘lga kiritishiga katta hissa qo‘shdi.
Qayd etish joiz, 33 yoshli darvozabon Eron milliy jamoasi safida 2015 yildan buyon to‘p tepmoqda. U avvalroq 2018 va 2022 yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, Belgiya va Eron milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs golsiz durang bilan yakunlandi. Ushbu natijadan keyin har ikki jamoa hisobida 2 ochkodan mavjud.
Ma'lumot uchun, G guruhining navbatdagi bahsida Yangi Zelandiya va Misr milliy jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Guruh bosqichining so‘nggi turida Eron Misrga, Belgiya esa Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushadi.