Live
1
O'zbek

G'alenoiy: "Barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman, ayniqsa Beyranvandga"

Futbol
21 iyun, 20:25
Eron bosh murabbiyi Belgiya qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
G'alenoiy: "Barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman, ayniqsa Beyranvandga"
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya 0 : 0 Eron Eron

Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alenoiy jahon chempionati guruh bosqich 2-tur doirasidagi Belgiya qarshi bahs (0:0)dan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yin juda qiziqarli kechdi. G'alaba har ikki jamoaga ham nasib etishi mumkin edi. Barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman, ayniqsa Alirizo Beyranvandga.

Meni hafa qilgan yagona jihat — o'zgarishlarimiz ish bermadi. Biz ular o'yinga hujumda tezlik qo'shadi deb o'ylagan edik, ammo bu amalga oshmadi.

Hatto Belgiya 10 kishi bo'lib qolganida ham mag'lub bo'lmaganimizga omad deb qarash mumkin. Qilgan o'zgarishlarimdan qoniqish hosil qilmadim.

Futbol shunday. Ba'zan almashtirishlar ish beradi, o'tgan o'yinda bo'lgani kabi. Ba'zan esa — yo'q. Bugun maydonga tushganlar kutilgan natijani bermadi.

Biz har bir taymdagi dastlabki 15 daqiqada raqib hujumini to'xtatishni maqsad qilgandik. Belgiya — juda kuchli jamoa, sifatli futbolchilari ko'p.

Umuman olganda, buni bajardik. Lekin bizda ikkita juda yaxshi imkoniyat bo'ldi, ammo ularni Kurtua qaytardi.

Shuningdek, gol urdik, ammo o'tgan o'yindagi kabi bu safar ham ofsayd sabab bekor qilindi. Toremiy taxminan 20 santimetrga ofsaydda edi.

Barcha yigitlarga rahmat aytaman. Biz turnirga og'ir sharoitda kirib keldik, boshidan hammasi oson kechmadi. Bugungi o'yin ham qiyin kechdi.

Futbolchilar to'liq fidoyilik bilan harakat qildi, ammo yana ta'kidlayman — o'zgarishlar ish bermadi", — dedi G'alenoiy.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar