Hongkongda bo'lib o'tgan FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships 2026 musobaqasining blits yo'nalishida O'zbekiston jamoasi faxrli 3-o'rinni egalladi.
O'zbekiston pley-off bosqichiga yo'l olib, chorakfinalda WR Chess jamoasidan ustun keldi. Yarimfinalda Dragon Chilling jamoasiga imkoniyatni boy berildi, 3-o'rin uchun bahsda esa Hexamind Chess Team mag'lub etildi.
Ushbu natija evaziga jamoa 30 ming yevro mukofotni qo'lga kiritdi.
O'zbekiston delegatsiyasi 22 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:40 da MU-6037 reysi orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keladi.
Shaxmat. Oʻzbekiston FIDE World Rapid & Blitz Team Chess Championships turnirida bronza medaliga sazovor boʻldi
Boshqa sportlar
21 iyun, 17:15
Jamoa ushbu natija evaziga 30 ming yevro mukofotni qo'lga kiritdi.
Foto: Getty Images