Live
1
O'zbek

Leninining goli Kabo-Verdega mundiallardagi 96 yillik noyob natijani takrorlash imkonini berdi

Futbol
21 iyun, 19:27
Yarimhimoyachi jamoa tarixidagi ilk golni jarima zarbasidan urdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Leninining goli Kabo-Verdega mundiallardagi 96 yillik noyob natijani takrorlash imkonini berdi
Foto: Getty Images
21.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Urugvay Urugvay 2 : 2 Kabo-Verde Kabo-Verde

«Krasnodar» klubi va Kabo-Verde milliy jamoasi yarimhimoyachisi Kevin Lenini JCH–2026 doirasida Urugvay darvozasiga urgan goli bilan tarixiy natijaga erishdi.

MisterChip ma'lumotiga ko‘ra, Kabo-Verde jahon chempionatlari tarixidagi ilk golini jarima zarbasidan urgan ikkinchi milliy jamoaga aylandi.

Qayd etilishicha, bundan avval mundiallar tarixida faqat Argentina milliy jamoasi shunday natijani qayd etgan. Argentinaliklar 1930 yil 15 iyul kuni Fransiyaga qarshi bahsda Luis Felipe Monti tomonidan kiritilgan jarima zarbasi evaziga jahon chempionatlaridagi ilk golini nishonlagan edi.

Shu tariqa, oradan 96 yil o‘tib Kabo-Verde milliy jamoasi ushbu noyob natijani takrorladi.

Eslatib o‘tamiz, Kevin Lenini Urugvayga qarshi bahsning 21-daqiqasida hisobni ochib, Kabo-Verde tarixidagi mundiallardagi ilk gol muallifiga aylangandi.

Ma'lumot uchun, JCH–2026 guruh bosqichining so‘nggi turida Kabo-Verde milliy jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi. Urugvay esa Ispaniya milliy jamoasi bilan kuch sinashadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Urugvay Urugvay
  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar