Live
6
O'zbek

Vozinyaning onasi AQSH vizasini oldi

Futbol
19 iyun, 07:02
JCH-2026 birinchi tur qahramonlaridan birining onasi mundialga yo‘l oldi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Vozinyaning onasi AQSH vizasini oldi
Foto: Gettyimages

Ilk turda Ispaniya bilan bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola olgan Vozinya shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqich 1-turi doirasida Ispaniya milliy jamoasi musobaqa debyutanti Kabo-Verde bilan ro‘baro‘ keldi. Ko‘plab mutaxassis va muxlislarning taxminlariga qaramay, Luis de la Fuyente shogirdlari raqib darvozasi tomon yo‘l topa olishmadi va durang bilan cheklanishga majbur bo‘ldi.

Shu kuni Kabo-Verde darvozasini qo‘riqlagan Vozinya 7 ta seyv ijro etib, jamoasi tarixiy ochkoga ega chiqishiga katta hissa qo‘shdi.

O‘yindan keyin intervyularda kiper ba’zi sabablarga ko‘ra onasi AQSHga viza ololmagani va shu sababli o‘zi bilan okean ortiga uchmaganini ta’kidlab o‘tdi.

Vozinyaning onasi davlat kotibi Marko Rubioga murojaat qilgandan so‘ng, AQSH vizasini olishga muvaffaq bo‘ldi va allaqachon Amerikaga uchib ketdi - u Kabo-Verdening Urugvay milliy jamoasi bilan o‘yiniga ulgurishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kabo-Verde Kabo-Verde
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar