Kanada milliy jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh JCH-2026 2-turidan oʻrin olgan Qatarga (6:0) qarshi oʻyindan keyin raqib murabbiyi Xulen Lopetegi bilan yuz bergan janjal haqidagi savolga javob berdi.
«Bu haqida gapirishga bir daqiqa ham vaqt sarflamayman. Bu vaqtni olishga arzimaydi», — deya Marshning so‘zlarini keltiradi USA Today.
O‘yindan keyin dastlab murabbiylar xotirjam suhbatlashdi. Ammo keyin Lopetegi nimadir degach, Marsh qo‘l siltab ketib qoldi. Shundan so‘ng maydonda ikki jamoa o‘yinchilari va xodimlari ishtirokida ommaviy janjal yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, bellashuvning 55-daqiqasida Qatar yarimhimoyachisi Assim Madibo Kanada yarimhimoyachisi Ismoil Konega og‘ir jarohat yetkazdi va u zambilda maydonni tark etdi. Madibo ushbu harakati uchun qizil kartochka oldi, jamoasi esa 9 kishi bo‘lib qoldi.
Kanada — Qatar o‘yinidan so‘ng ikki jamoa bosh murabbiylari o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi
Futbol
19 iyun, 02:15
Vaziyatga futbolchilar va xodimlar ham aralashdi.
Foto: Getty Images
18.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Kanada
6
:
0
Qatar
2