Jahon chempionatida 2-tur bahslari davom etmoqda.
V guruhida mezbon Kanada (4) Qatar (1) darvozasiga javobsiz 6 ta gol urib, pley-off masalasini hal qildi. Hujumchi Devid het-trikka erishdi. Lopetegi boshqaruvidagi Osiyo jamoasi esa bellashuvni 9 kishi bo'lib yakunladi.
Avvalroq ushbu guruhda Shveytsariya (4) Bosniya va Hersegovinani (1) yirik hisobda mag'lubiyatga uchratgandi — 4:1.
JCH-2026. V guruhi. 2-tur
Kanada — Qatar 6:0
18 iyun. Vankuver
Gollar: Larin (16), Devid (29, 45+3, 90+2), Saliba (64), Al Mannai (75, avtogol).
Kanada — Krepo, Jonston, de Fugerolles (Shaffelburg, 71) Kornelius (Bombito, 46), Lareya, Byukenan (Sigur, 83), Kone (Saliba, 57), Eushtakiu, Ahmad (Oluvaseyi, 71), Larin, Devid.
Qatar — Abunada, Al Oui, Pedro, Huhi, Amin, Abdulsalom (Al Mannai, 46), Modibo, Laye, Edmilson (Fathi 46, Mendes 87), Afif (Al Husayn, 59), Abdurisag (Al Burayk, 34).
Ogohlantirishlar: Kornelius (9), Fathi (62).
Chetlatishlar: Ahmad (33), Madibo (53).
JCH-2026. Kanada Qatarga 6 ta gol urdi, Deviddan het-trik
Futbol
18 iyun, 20:00
Lopetegi jamoasi bellashuvni 9 kishi bo'lib yakunladi.
Foto: Getty Images
18.06.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Kanada
6
:
0
Qatar
2