Bugun
14
O'zbek

Qatar ikkita antirekord oʻrnatdi

Futbol
19 iyun, 03:05
Kanadaga qarshi bahsda Lopetegi jamoasi yirik hisobda yutqazdi va oʻyinni 9 kishi boʻlib yakunladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Qatar ikkita antirekord oʻrnatdi
Foto: Getty Images
18.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Kanada Kanada 6 : 0 Qatar Qatar 2

Qatar milliy jamoasi futbol boʻyicha Jahon chempionatlari tarixida bir oʻyinda ikki qizil kartochka olgan birinchi Osiyo jamoasi boʻldi.

Shuningdek, Qatar mundiallar tarixida bir oʻyinda ikkita qizil kartochka olgan va avtogol ham oʻtkazib yuborgan ilk jamoa boʻldi, deb xabar qiladi MisterChip X ijtimoiy tarmogʻidagi shaxsiy sahifasida.

2026 yilgi Jahon chempionati ikkinchi turida Lopetegi jamoasi Kanadaga 0:6 hisobida yutqazdi.

Bellashuv davomida Osiyo jamoasi safidan Homam Al Amin va Assim Madibo maydondan chetlatildi. Shuningdek, Muhammad al Mannai oʻz darvozasiga avtogol kiritdi.

Birinchi turda Kanada Bosniya va Gersegovina bilan, Qatar esa Shveytsariya bilan 1:1 hisobida durang oʻynagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • Qatar Qatar
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar