Kanada milliy jamoasi yarimhimoyachisi Ismoil Kone kichik va katta boldir suyaklarining sinishi oqibatida muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda Kanada milliy jamoasi matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'ida xabar tarqatdi.
Shifokorlarning taxmin bildirishicha, futbolchi jarohatdan so'ng to'liq tiklanishga erishadi, biroq u 2026 yildagi jahon chempionatining qolgan o'yinlarida jamoasiga yordam bera olmaydi.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan Qatar milliy jamoasiga qarshi uchrashuvda (6:0) Kone 55-daqiqada raqib himoyachisi Assim Madiboning qo'pol podkatidan so'ng chap oyog'idan og'ir jarohat olgan va maydonni zambilga tark etgan edi.