Live
2
O'zbek

Eron JCH-2026 o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishdagi cheklovlar tufayli FIFAga shikoyat qiladi

Futbol
19 iyun, 05:38
Eronliklar Tixuanadagi mashg‘ulotlar bazacini tark etib, Belgiya bilan o‘yindan 2 kun avval AQSHga uchib bormoqchi edi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Eron JCH-2026 o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishdagi cheklovlar tufayli FIFAga shikoyat qiladi
Foto: Gettyimages
21.06.2026, 15:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Belgiya Belgiya - : - Eron Eron

Bu haqda Eron futbol federatsiyasi (FFIRI) ma’lum qildi.

Eron milliy jamoasi Meksikaning Tixuana shahridagi mashg‘ulotlar bazacini tark etib, JCH-2026 2-turidan oldin Belgiya milliy jamoasiga qarshi bahsdan (21 iyun) ikki kun oldin Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan o‘yin uchun AQSHga uchib ketmoqchi edi. Ammo jamoaning ushbu so‘rovi rad etilgan.

«Eron milliy jamoasi musobaqaga tayyorgarlik rejasi o‘z vaqtida taqdim etilgan bo‘lishiga qaramay, u yana tashkilotchilar tomonidan kiritilgan cheklovlarga duch keldi, bu uning murabbiylar shtabining rejalariga ta’sir ko‘rsatmoqda. FFIRI rasman o‘z noroziligini bildirib, muvofiq kanallar orqali FIFAga shikoyat kiritadi», — deydi FFIRI matbuot kotibi Daily Mail nashriga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Belgiya Belgiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar