Eron milliy jamoasi bosh murabbiyi Amir G'alenoyi jahon chempionati guruh bosqich 1-tur doirasidagi Yangi Zelandiyaga qarshi o'yin (2:2)dan so'ng jamoaga darhol AQShni tark etish buyurilganini ma'lum qildi.
Uchrashuv Los-Anjelesda bo'lib o'tdi. Qayd etish lozim, jamoaning ikkinchi o'yini ham shu yerda Belgiya qarshi (21 iyunda) o'tkaziladi.
«Bizga tiklanish uchun hatto vaqt ham berishmadi. O'yindan keyin bizga: «Darhol ketishingiz kerak», deyishdi. Tiklanish vaqti juda muhim, ammo bizga samolyotga o'tirib, Tixuanaga qaytish buyurildi. Bu bizni jiddiy xavotirga solyapti.
Rostini aytsam, nega bunday qilinayotganini bilmaymiz. Bu menga g'alati tuyulyapti. Qarorlar FIFAda emas, balki boshqa joyda qabul qilinayotgandek.
Biz o'yindan ikki kun oldin kelib, o'yindan keyin bir kecha qolib tiklanishimiz va ertasi kuni tushlikgacha bazaga qaytishimiz kerak edi.
Nega bunday bo'layotganini umuman tushunmayapmiz. Bu mundialda bizning jamoaga eng ko'p bosim o'tkazilyapti», — dedi G'alenoyi.
Shu bilan birga, mutaxassis jamoaga AQShni zudlik bilan tark etish buyrug'ini kim berganini aniq aytmadi.
Avvalroq jamoaning AQSh hududida bo'lish shartlari ma'lum qilingan edi. Unga ko'ra, futbolchilar faqat o'yin kunlaridagina AQShda bo'lishi mumkin.
Jamoaning mashg'ulot bazasi esa Meksikaning Tixuana shahrida (Los-Anjelesdan 225 km) joylashgan.