UFC sobiq chempioni Konor Makgregor Iliya Topuriyaning Jastin Geyjiga qarshi jangdagi mag'lubiyatiga munosabat bildirdi.
"Uning o'zi taslim bo'ldi. Buni ko'rish achinarli. U ajoyib g'alabalarga loyiq edi. Shunga qaramay, bu mag'lubiyat uni yanada kuchli qiladi.
Oila a'zolari jangchining burchagida bo'lmasligi kerak. Nima bo'lishidan qat'iy nazar", — dedi Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Geyji UFC Freedom 250 turnirining asosiy jangida Iliya Topuriyani texnik nokaut evaziga mag'lub etib, engil vazn chempionligini qo'lga kiritdi. Konor esa 11 iyun kuni Maks Hollowayga qarshi Las-Vegasda o'zaro jang qiladi.