2026 yildagi jahon chempionatida G guruhi 1-tur bahslari yakuniga yetdi.
Guruhdagi ikkinchi uchrashuvda Eron milliy jamoasi Yangi Zelandiyaga qarshi maydonga tushib, 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. Osiyoliklar safida gollarga Rizoyon va Mohebi mualliflik qilgan bo'lsa, okeaniyaliklarning ikki goli ham Jast nomiga qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu guruhdagi ilk bellashuvda Belgiya Misr bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkan edi.
JCH-2026. G guruhi. 1-tur
16 iyun. Inglvud. «SoFi Stadium»
Eron — Yangi Zelandiya 2:2
Gollar: Rizoyon 32, Mohebi 64 — Jast 7, 54 (dubl).
Eron — Beyranvand, Rizoyon, Nemati, Halilzoda, Muhammadi, Yusufi, Izzatullohi, Hodos, Mohebi, Moganlu, Torimiy.
Yangi Zelandiya — Krokombe, Peyn, Surman, Boksal, Kasache, Bell, Stamenich, Makkovat, Sing'h, Jast, Vud.